Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanida firibgar qo‘lga olindi
Mirzo Ulug‘bek tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
M.Ulug‘bek tumanida 1984 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, Yunusobod tumanida yashovchi M.Sh., Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 103 uy oldida, 1989 yilda tug‘ilgan Chilonzor tumanida yashovchi T.M.ga internetdagi "Payme" xizmati orqali, 100 WMZ (dollarning "webmoney"dagi shartli qiymati) qiymatidagi pullarni o‘tkazib berishini va'da qilib, 850.000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlanib, ushlangan.
M.Ulug‘bek tuman IIB tomonidan fuqaro M.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 m. 1 q. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

09:02
Mirzo Ulug‘bekning "Ulug‘bek Ziji" asari ilk bor to‘rt tilda nashr etildi

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

11:22 / 12.07.2025
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

14:37 / 10.07.2025