O‘zbekiston | 09:02
1029
1 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bekning "Ulug‘bek Ziji" asari ilk bor to‘rt tilda nashr etildi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari tomonidan "Ulug‘bek Ziji" ("Ziji jadidi Ko‘ragoniy") asari ilk bor o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida nashr etildi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu tarixiy kitob XV asrning buyuk astronom olimning asari bo‘lib, Amir Temurning nabirasi, Movarounnahr sultoni Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan.

Asar to‘rt qismdan iborat bo‘lib, birinchisida xronologiya va taqvimlar, turli xalqlarning yil hisobi, ikkinchi qismda sferik astronomiya va matematik geografiya masalalari hamda matematik va geografik jadvallar berilgan. 

Uchinchi qism sayyoralar harakati va yulduz astronomiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 1014 ta yulduzning katalogi keltirilgan. To‘rtinchi qism astrologiya, ya’ni munajjimlar bashorati tavsifiga oid.

Mavzuga oid