Meksika janubida tutqunlikdagi 37 nafar gvatemalalik muhojir ozod qilindi

Foto: Flickr
Meksika janubida maxsus xizmatlar tutqunlikda ushlab turilgan 37 nafar gvatemalalikni ozod qildilar. Jinoyatchilar ularni Chyapas shtatining Tustla-Guterres shahridagi uylardan birida ushlab turishgan.
“Odam savdogarlari xorijliklarni erkinlikdan mahrum qilib, keyinchalik ular uchun garov puli talab qilish maqsadida ularning Markaziy Osiyo va AQShda yashovchi yaqinlari haqida ma'lumot berishga majbur qilishgan”, deb aytilgan bosh prokuratura xabarida.
Jabrlanuvchilar orasida ayollar va bolalar ham bo‘lgan. Ularga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan. Ma'lum qilinishicha, jinoyatga aloqador bo‘lgan ikki kishi hibsga olingan.
Mavzuga oid

19:12 / 20.06.2025
O‘monda tutqunlikda saqlangan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

18:43 / 10.06.2025
Meksikada 42 tonna metamfetamin musodara qilindi

23:16 / 05.06.2025
AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi

23:19 / 21.05.2025