Myanma yetakchisi BMT Bosh Assambleyasida ma'ruza qilishdan bosh tortdi

Foto: DNA
Myanma TIV rahbari va mamlakatning amaldagi yetakchisi Aun San Su Chji Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida rejalashtirgan ma'ruzasini bekor qildi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Ma'lum qilinishicha, Myanma hukumati nomidan BMT BAda mamlakat vitse-prezidenti Genri Van Txi qatnashadi. Shu bilan birga, Aun San Su Chji o‘z tashrifini bekor qilishiga nima sabab bo‘lgani ma'lum emas.
Avvalroq, BMT XK Myanmadagi musulmonlar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

17:10 / 14.06.2025
BMT dunyoda tug‘ilishning kamayishi sabablarini aniqladi

23:21 / 13.06.2025
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi

23:02 / 12.06.2025
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT

13:42 / 07.06.2025