Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanida yirik o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi

Foto: Toshkent shahar IIBB
2017 yil 2 oktabrdan 3 oktabrga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxslar, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan mas'uliyati cheklangan jamiyat binosi ichiga oynasini sindirish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, shu yerdagi temir seyfni buzish yo‘li bilan undagi fuqaro V.A.S.ga tegishli bo‘lgan jami bahosi 9.120.000 so‘mlik mol-mulklari hamda 800 AQSh dollari va 11.350.000 so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni M.A.A., T.D.N. va S.A.Ye. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid

09:02
Mirzo Ulug‘bekning "Ulug‘bek Ziji" asari ilk bor to‘rt tilda nashr etildi

22:03 / 31.07.2025
Avstriyada bankomat o‘g‘rilarining mashhur to‘dasi a’zolari hibsga olindi

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

18:26 / 08.07.2025