Xitoyda afrikaliklar hayvonlarga qiyoslangan ko‘rgazma yopildi

Foto:Shanghaiist
Xitoyda "Bu Afrika" deb nomlangan ko‘rgazma irqchilikdagi ayblovlardan keyin yopildi. Undagi suratlarda afrikaliklar ularga o‘xshash alfozdagi hayvonlar bilan yonma-yon tasvirlangan. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Ko‘rgazmada xitoylik suratkash Yuy Xueypinning ishlari taqdim qilingandi. U Afrikaga 20 martaga yaqin tashrif buyurgan va "qora qit'a" manzaralarini suratlarda gavdalantirgan. U ko‘rgazmaning bir qismiga afrikaliklar va hayvonlar suratlari yonma-yon joylashtirilgan suratlarni tanlagan. Xuyepinning aytishicha, u shu tarzda tomoshabinlarga Afrikadagi "sodda hayot" hissini odamlar, hayvonlar va tabiat orqali yetkazmoqchi bo‘lgan.
Ko‘rgazmadagi suratlar va video internetda tanqidga uchradi. Ko‘plab foydalanuvchilar suratlar muallifini irqchilikda ayblashgan. Shundan keyin ko‘rgazma tashkilotchilaridan biri Van Yuetszyun Xitoyda odamlarning hayvonlarga qiyoslanishi maqtov hisoblanishini aytgan. Biroq Afrika davlatlari vakillarini nafsoniyatiga tegmaslik uchun suratlarni olib tashlashga qaror qilingan.
Mavzuga oid

19:04 / 29.04.2025
Xitoydagi restoranda yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi

07:40 / 29.04.2025
Xitoy AQSh ta’minotidan mustaqilligini e’lon qildi

21:22 / 28.04.2025