Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen boshqaruvchisi 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: Chuck Novara
AQShdagi sud Volkswagen AG nemis avtokonserni boshqaruvchisi Oliver Shmidtni konsern avtomobillariga atrof-muhitga chiqariladigan zararli chiqindilar ko‘rsatkichlarini pasaytirib ko‘rsatuvchi dasturiy ta'minot o‘rnatilishida ishtirok etgani uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.
Detroyt okrug sudi, shuningdek, Shmidtga 400 ming dollarlik jarima soldi.
Sudya Shon Koks Shmidtni 7 yilga ozodlikdan mahrum etish va jarima solishni talab qilgan ayblov tomoni vajlariga rozilik bildirdi. U Shmidt “dizel mojarosi” deb ataluvchi bu ishda muhim rollardan birini o‘ynagan, degan xulosaga keldi. Sudning aniqlashicha, Shmidt “xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish” uchun qoidabuzarliklar haqida sukut saqlashni afzal ko‘rgan.
Kompaniyaning AQShdagi normativ talablarga rioya qilinishi masalalari bo‘limini boshqargan Shmidt Floridada yanvar boshida FQB xodimlari tomondan qo‘lga olingandi. Shmidt o‘zining aybini tan oldi.
Volkswagen AQShda dizel avtomobillariga zararli chiqindilar ko‘rsatkichlarini pasaytirib qo‘rsatuvchi dasturni o‘rnatganlikda ayblangan. AQSh hukumati konsernga mamlakatda 2009-2015 yillarda sotilgan Volkswagen va Audi markalarining 482 mingta mashinasini qaytarib olish majburiyatini qo‘ygan. Kompaniya mijozlardan atomobillarni qaytarib olishga va tovon puli to‘lashga rozi bo‘lgan. Avval ta'kidlaganidek, AQShda ushbu mojaro bo‘yicha hammasi bo‘lib 8 boshqaruvchiga ayblov qo‘yilgan.
Volkswagen Yevropadagi eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi hisoblanadi. U Volkswagen, Audi, Skoda va Seat markalarini birlashtiradi.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025