Qirg‘izistonda Isuzu va Ravon modellari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda

Foto: Drayv
2018 yildan boshlab Qirg‘izistondagi 4ta shaharda Ravon avtomobillari va Isuzu avtobusi ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda GM Uzbekistan AJ vakili Jahongir Tillayev xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, 5 million 180 ming AQSh dollari qiymatiga teng xorijiy sarmoya asosida tashkil etilishi nazarda tutilgan zavodlar Qirg‘izistonning Bishkek, O‘sh va Qora-Bolta shaharlarida ishga tushadi.
«Birinchi bosqichda 50ta yangi ishchi o‘rni yaratilishi belgilangan. Shuningdek, politexnika oliygohlari talabalari hamda bitiruvchilarini ishga jalb etmoqchimiz», – deb ta'kidlagan Tillayev.
«O‘zavtosanoat» AJ vakili Sanjar Alimovning aytishicha, O‘sh shahrida Ravon modellarini yig‘ib, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sharoitlar yetarlicha hozirlangan. Bir donasi 38 mingdan 77 ming dollargacha narxlanishi bildirilgan Isuzu avtobuslari esa poytaxt shaharda ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid

08:14 / 11.04.2025
Qoraqalpog‘istonda Isuzu va DAF yuk mashinalari to‘qnashdi

18:20 / 05.04.2025
Anadolu Isuzu SamAutoʼning nazorat paketini sotib olmoqchi

18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda

19:34 / 25.11.2024