Tramp Erondagi voqealarga munosabat bildirdi

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi norozilik namoyishlariga munosabat bildira turib, ushbu mamlakat hukumatini terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
«Eronda keng ko‘lamli yirik namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Nihoyat eronliklar vaziyatga donolik bilan munosabatda bo‘lishmoqda, ular pullari va boyliklarini tortib olib, terrorizm uchun sarflashayotganini anglab yetishdi. Ko‘rinishidan, ularning sabri chidamadi», — deya yozgan Tramp Twitter sahifasida.
Amerikaliklar yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Vashington «inson huquqlari buzilishi» bilan bog‘liq holatlarni diqqat bilan kuzatib boradi.
Juma kuni Mashhadda 200 kishi ishtirok etgan norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Ular Erondagi iqtisodiy holatdan norozilik bildirib, hukumatga qarshi shiorlarni baralla aytishgan. Politsiya Mashhaddagi oldindan kelishilmagan mitinglarda qatnashgan va davlat mulkiga ziyon yetkazgan 52 kishini hibsga olgan.
Bundan avvalroq OAVda Eronning iqtisodiy siyosatiga qarshi namoyishlar mamlakatning boshqa yirik shaharlarida ham avj ola boshlagani haqida xabar qilingandi.
Qayd etish kerakki, Tramp Eron hukumatini bungacha ham ko‘p marta terrorizmni qo‘llashda ayblagan.
Mavzuga oid

23:29 / 14.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?

22:25 / 14.06.2025
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi

19:45 / 14.06.2025
Isroilning hujumlari – Erondagi hokimiyatning mavjudligiga tahdidmi?

17:16 / 14.06.2025