Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘arbiy Yevropa davlatlarida dovul oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Foto: Christoph Reichwein/dpa
G‘arbiy Yevropa davlatlariga yopirilgan dovul oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi.
DPA axborot agentligining ma'lum qilishicha, tabiiy fojia oqibatida 18 yanvarda Germaniyaning turli federal yerlarida 6 kishi halok bo‘lgan. Ulardan aksariyati yomon ob-havo sababli yo‘llarda yuz bergan avariya qurbonlari bo‘lishgan. Ikki qurbon o‘t o‘chiruvchilar bo‘lib, ular dovul oqibatlarini bartaraf etish vaqtida shamoldan qulagan daraxt ostida qolganlar.
Germaniyalik meteorologlarning prognoziga ko‘ra, shamol tezligi 44,4 m/soniyaga yetishi mumkin. Deutsche Bahn temir yo‘l konserni dovul sababli butun Germaniya bo‘ylab uzoq masofalarga qatnovchi poyezdlar harakatini to‘xtatgan. Ba'zi federal yerlarda maktablar va bolalar bog‘chalari ishlamagan.
Niderlandiyada esa kamida 3 kishi halok bo‘lgan. Yomon ob-havo sababli Amsterdamdagi Sxipxol aeroporti parvozlarni to‘xtatgan. Belgiyada bir kishi halok bo‘lgan: shamoldan ag‘darilgan daraxt uning mashinasini bosib qolgan.
Mavzuga oid

12:21 / 09.07.2025
2025 yilning iyuni G‘arbiy Yevropa tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

23:37 / 02.11.2024
Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi

23:04 / 08.10.2024
Jo Bayden dovullar tufayli Berlinga safarini bekor qildi

14:24 / 27.09.2024