Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda “suv osti kemalari ovchisi” sinovdan o‘tkazildi

Foto: screenshot
AQShda raqibning suv osti kemalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan avtonom kater ACTUV’ning ilk sinovlari yakuniga yetdi. Ushbu suv sirtida harakatlanuvchi katerning sinovi videosi AQShning istiqbolli mudofaa ishlanmalari agentligi DARPA’ning YouTube-kanalida joylashtirildi.
Ma'lum qilinishicha, agentlik loyihaning o‘ziga tegishli qismini bajarib bo‘lgan, endi ACTUV bilan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ilmiy-tadqiqot boshqarmasi (ONR) shug‘ullanadi. Robotlashtirilgan majmuani 2018 yil oxirigacha qurollanishga olish rejalashtirilgan.
Kater ustida ishlar 2010 yildan beri olib borilmoqda. DARPA “suv osti kemalari ovchisi”ni loyihalashtirilishi va qurilishini nazorat qilgan, ONR’ning vazifasiga qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish va dronni AQSh harbiy-dengiz kuchlari talablariga muvofiq takomillashtirish kiradi.
Kema 50 km/soat tezlik bilan yura oladi, uzunligi 40 metrni tashkil qiladi. Ta'kidlanishicha, ACTUV shovqinsiz dizel-elektrik suv osti kemalarini topish va ta'qib qilishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, kater oziq-ovqat tashish va dengiz minalarini qidirish uchun qo‘llanadi.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025