Buxoroda kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilyapti
O‘zbekiston Kurash federatsiyasining taqvim rejasiga asosan, 23 fevral kuni Buxoroda kattalar o‘rtasida respublika chempionati boshlandi.
Erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalarga Buxoro viloyatida katta tayyorgarlik ko‘rildi. 22 fevral kuni barcha ishtirokchilar Buxoro temir yo‘l vokzalida tantanali tarzda kutib olindi.
23 fevral kunidan Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida 60kg va 66kg vazn toifalarida, shuningdek, 48kg, 52kg va 57kg vazn toifalarida ayollar o‘rtasida bellashuvlar boshlangan.
Mazkur nufuzli musobaqa O‘zbekistondagi eng kuchli polvonlarni aniqlash bilan birgalikda, joriy yil Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Chempionatda 1999 yilgacha tug‘ilgan erkak va ayol polvonlar ishtirok etadilar. 14ta hududiy jamoalarga har bir vaznda 4 nafardan ishtirokchi bilan qatnashishga ruxsat berilgan.
Musobaqa 25 fevralgacha davom etadi.
Mavzuga oid

09:47 / 22.04.2025
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025