Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oskar-2018: Bosh sovrindorlar nomlari e'lon qilindi
“Oskar” kinomukofotlari taqdimotining bosh mukofotlari o‘z egalariga topshirildi.
Jumladan, “Eng yaxshi aktyor” yo‘nalishida “Oskar” aktyor Geri Oldmenga “Qorong‘i davrlar” filmidagi Uinston Cherchill roli uchun taqdim qilindi.

Ushbu yo‘nalishdagi mukofotga quyidagi aktyorlar nomzodlari ham qo‘yilgan edi: Timoti Shalame (“Meni o‘z isming bilan ata”), Deniyel Dey-Lyuis (“Ko‘rinmas rishta”), Deniyel Kaluya (“Nari ket”) va Denzel Vashington (“Roman Izrael, Esq.”).
“Eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishida “Oskar” Frensis Makdormandga “Ebbing chegarasidagi uch bilbord” filmidagi roli uchun nasib qildi.

Ushbu mukofot uchun shuningdek quyidagi aktrisalar kurash olib borgandilar: Salli Xokins (“Suv shakli”), Sirsha Ronan (“Byord xonim”), Meril Strip («Maxfiy hujjat”) va Margo Robbi (“Tonya barchaga qarshi”).
Shuningdek, “Eng yaxshi rejissura” uchun mukofot “Suv shakli” filmi rejissyori Gilermo del Toroga topshirildi.

Unga bu yo‘nalishda quyidagi nomzodlar raqiblik qilishgandi: Kristofer Nolan (“Dyunkerk”), Jordan Pil (“Nari ket”), Greta Gervig (“Byord xonim”) va Pol Tomas Anderson («Ko‘rinmas rishta”).
Mavzuga oid

20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi

11:02 / 03.03.2025
«Anora» - «Oskar»ning bu yildagi asosiy filmi bo‘ldi. Uning rejissyori Shon Beyker to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritdi

11:13 / 12.03.2024
«Bu film bo‘lmasligini istardim» - Mariupol haqidagi hujjatli film «Oskar» oldi

08:38 / 11.03.2024