Faqat Rossiya Skripalni zaharlashdan manfaatdor bo‘lgan – AQSh

Foto: RIA Novosti / Aleksey Filippov
AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertning ma'lum qilishicha, KQTT xulosalari Buyuk Britaniyaning Skripal ishida Rossiya aybdor ekaniga oid pozitsiyasini tasdiqlaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«KQTT mustaqil hisoboti o‘tgan haftada tarqatildi va u Buyuk Britaniyadagi laboratoriyaning Solsberida qanday kimyoviy modda qo‘llanganiga doir xulosalarini tasdiqlaydi. Biz KQTTga tezkor qo‘llab-quvvatlov va dalillarni aniqlash bo‘yicha texnik sa'y-harakatlar uchun minnatdormiz. Biz Buyuk Britaniyani to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz hamda KQTT ijroiya qo‘mitasi va BMT XKning Solsberidagi kimyoviy hujumni muhokama qilish bo‘yicha maxsus yig‘ilishlarini to‘g‘ri, deb hisoblaymiz», - deya aytib o‘tdi Nauert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «faqat Rossiya hukumatida bunday hujumlarni amalga oshirish uchun sabab, vositalar va tarixiy shunga o‘xshash holatlar bor».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KQTT Skripalni zaharlashda qo‘llangan modda qaysi davlatda ishlab chiqarilganini aniqlay olmagandi.
Mavzuga oid

09:33
AQSh sudi: "Ozodlik radiosi" 12 mln dollar olishi kerak

08:44
Tramp ikkinchi muddatining birinchi 100 kuni yakunlarini maqtadi

21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

21:02 / 29.04.2025