Daimler Erondagi ishini to‘xtatmoqda

Foto: getty images
Daimler konserni Eronda AQSh sanksiyalarining joriy etilishi tufayli o‘z ishini to‘xtatmoqda, Tehron bilan yadroviy bitimning kelajagi atrofidagi siyosiy vaziyatni diqqatlik bilan kuzatib borishda davom etmoqda, deb ma'lum qilishdi kompaniyadan.
Dushanba kunidan AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalarni qayta tikladi, ular Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasiga erishilgani tufayli avval to‘xtatib qo‘yilgandi. AQSh prezidenti Donald Tramp may oyi boshlarida Vashington Eron bilan yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqishi haqida e'lon qildi. U Tehronga qarshi barcha sanksiyalar, shu jumladan, ikkilamchi, ya'ni Eron bilan biznes yuritadigan boshqa mamlakatlarga nisbatan ham sanksiyalar tiklanishi haqida xabar berdi.
«Eronda shundoq ham cheklangan faoliyatimizni joriy etilgan sanksiyalarga muvofiq to‘xtatdik. Biz siyosiy voqealarni, ayniqsa, yadro bitimi bo‘yicha o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib boramiz», - deyiladi Daimler’ning bayonotida.
Shuningdek, bayonotda aytilishicha, «Eron iqtisodiyoti va avtomobil bozorlari kutilganidan ancha zaiflashdi».
Mavzuga oid

08:39
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

07:41
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi

23:29 / 14.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?

23:14 / 14.06.2025