Rubl kursining tushib ketishi sababi ma'lum qilindi

Foto: GLOBAL LOOK press/Nikolay Gyngazov
Rubl kursi nafaqat yangi sanksiyalar kiritilishi ehtimoli, balki Rossiya valyutasining odil kursi pasayishi sababli ham tushmoqda. Rayffayzenbank tahlilchilari ana shunday xulosaga kelishdi, deb xabar bermoqda RBK.
«Rublga intervensiyalar bilan birga xususiy sektor tomonidan kapital olib chiqib ketilishining kuchayishi salbiy omil sifatida ta'sir ko‘rsatmoqda, Markaziy bankning ma'lumot berishicha, iyulda bu ko‘rsatkich 4,2 milliard dollarni tashkil etgan», — deyishmoqda ekspertlar.
Milliy valyuta qadri pasayishining yana bir omili esa 37,6 milliard dollarlik tashqi qarzning so‘ndirilishi ham bo‘lishi mumkin. «Shunday qilib, rublning pasayishi salohiyati saqlanib qolmoqda (sanksiyalar e'lon qilingan aytda spekulyativ harakat shakllanishi mumkin)», — deb xulosa qilishdi tahlilchilar.
Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, neftning hozirgi narxi va kapital chiqib ketishining kuchayishi sababli odil kurs 12-17 foizga kamroq bo‘ladi.
Rubl kursi juma kuni Moskva birjasida savdolar ochilganida dollarga nisbatan 67 rubldan pasayib ketdi va ikki yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025