Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik neft kompaniyalaridan biri Eronni tark etmoqda

Foto: AP
Eron neft vaziri Bijan Zangoniyning ma'lum qilishicha, Fransiyaning Total kompaniyasi rasmiy ravishda mamlakatdan chiqib ketmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
«Total Janubiy Pars loyihasining 11-bosqichini ishlab chiqish bo‘yicha shartnomani rasman rad etdi... boshqa bir kompaniya bilan almashtirish jarayoni davom etmoqda», - dedi u.
Avvalroq, AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Xuk Davlat departamentida o‘tkazilgan brifingda Qo‘shma Shtatlar rasmiylari Eron tomoni bilan savdo aloqalarini davom ettiradigan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilishga tayyor ekanini aytgandi.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Davlat departamentining Eronga nisbatan siyosatini muvofiqlashtirish uchun guruh tuzilishini e'lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Eron Ruhoniy va Trampning uchrashuvi nega yuz bermasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

13:10 / 31.07.2025
AQSh 2018 yildan beri Eronga qarshi eng ko‘p sonli sanksiyalar kiritdi

21:22 / 29.07.2025
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?

10:42 / 29.07.2025
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi

08:27 / 28.07.2025