Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bild: nemislarning aksariyati Merkel iste'fosini xohlashmoqda

Foto: REUTERS
Germaniya fuqarolarining ko‘pchiligi (56%) Angela Merkel mamlakat kansleri lavozimidan iste'foga chiqishini xohlamoqda. Bu haqda Bild gazetasi xabar berdi.
Insa jamiyatshunoslik markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma shunday natijalarni berdi, deyiladi materialda.
Shu bilan birga, nemislarning qariyb yarmi (47%) Germaniyada muddatdan avvalgi saylovlar o‘tkazilishini istayapti, ularni fuqarolarning 29 foizi qo‘llab-quvvatlamayapti. Respondentlarning yana 24 foizi Angela Merkel hukumat kansleri sifatida qayta saylanishi tarafdori bo‘lib qolmoqda.
YouGov xalqaro tadqiqot kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan boshqa so‘rov natijalariga ko‘ra, iyun oyida nemislarning deyarli yarmi (43%) GFR amaldagi kansleri Angela Merkel o‘z lavozimini tark etishi lozimligini bildirgan. Respondentlarning yana 42 foizi Merkel hukumat tepasida qolishini xohlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni oshkora haqoratlab, uning qo‘lini siqishdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid

13:22 / 02.08.2025
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

10:32 / 02.08.2025
Germaniyada Zelenskiy ofisi rahbarining sobiq o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi

08:46 / 02.08.2025
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda

07:50 / 02.08.2025