Jahon | 23:38 / 21.09.2018
27401
1 daqiqa o‘qiladi

Kuchli shamol sharsharani orqasiga oqishga majbur qildi (video) 

Angliyaning shimolidagi Yorkshir-Deyls milliy bog‘ida “Xelena” po‘rtanasi sharsharani orqasiga oqishga majbur qildi.  

Ushbu antiqa hodisani videoga muhrlashga muvaffaq bo‘lingan. Bu vaqtda shamol kuchi 129 km/soatga yetgan. Shamol ta'siri ostida suv yuqoriga qarab oqa boshlagan, buning natijasida sharshara yonida kamalak paydo bo‘lgan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Angliya, Irlandiya va Shotlandiyani “Xelena”dan tashqari, “Ali” po‘rtanasi ham qamrab oldi. Tabiiy ofat oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan. Bu po‘rtana ortidan Buyuk Britaniyaga “Brona” sikloni yaqinlashmoqda. Ta'kidlanishicha, yomon ob-havo 24 sentabrgacha saqlanib qoladi. 

Mavzuga oid