London «yangi sovuq urush»da Moskvaga mag‘lub bo‘layotgani aytildi

Foto: Christopher Thomond for the Guardian
Britaniya leyboristlari yetakchisining o‘rinbosari Tom Uotson so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya «yangi sovuq urush» chegarasida turibdi, unda hozirgi paytda Rossiya g‘alaba qozonmoqda. Uning so‘zlari Britaniyaning The Guardian gazetasi tomonidan keltirilgan.
Britaniya parlamenti a'zosi Buyuk Britaniya hukumatini u «Rossiyaning Britaniya demokratiyasiga hujumini» ko‘rishdan atayin bosh tortayotganligida aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya keng ko‘lamli Rossiya tahdidi oldida uyg‘onishi lozim, u «raqamli davrda yashin tezligidagi urush», deb ataldi.
Bundan tashqari, Uotsonning taxminicha, mamlakatga Brexit bo‘yicha referendumga ehtimoliy aralashuvni surishtiruvdan o‘tkazish kerak - bu AQShda maxsus prokuror Robert Myuller tomonidan 2016 yilgi saylovlarga Moskvaning ehtimoliy aralashuvi bo‘yicha o‘tkazilayotgan surishtiruvga o‘xshashi lozim.
Britaniya parlamentining a'zosi Tom Uotson Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni ham tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u jamoatchilikka Rossiya haqida «qat'iy» ritorikadan foydalanmoqda, biroq sahna ortida boshqa pozitsiyaga amal qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Merkel Meyni ochiqchasiga haqorat qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

23:42 / 25.04.2025
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi

19:49 / 25.04.2025