Saudiya Arabistoni qiroli Qoshiqchi oilasiga hamdardlik bildirdi

Foto: kremlin.ru
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol-Saud va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon telefon orqali Jamol Qoshiqchining o‘lgani munosabati bilan uning oilasiga hamdardlik bildirdi.
Saudiya Arabistoni OAV 20 oktabrga o‘tar kechasi mamlakat bosh prokurorining Qoshiqchi o‘lgani, uning o‘limiga Istanbuldagi konsullik xodimlari bilan mojaro olib kelganini ma'lum qilgandi. Ushbu ish bo‘yicha 18 kishi qo‘lga olinib, so‘roq qilinmoqda. Saudiya Arabistoni hukumati bor haqiqatni o‘rnatib, barcha ayblanuvchilarni javobgarlikka tortmoqchi.
Ma'lum qilinishicha, qirol va valiahd shahzoda Qoshiqchining o‘g‘li Saloh bilan muloqotda otasining o‘limi munosabati bilan unga va oila a'zolariga hamdardlik bildirishgan.
Ta'kidlanishicha, Qoshiqchining o‘g‘li o‘z navbatida qirol va valiahd shahzodaga bildirilgan hamdardlik uchun minnatdorlik bildirgan.
Mavzuga oid

19:09
Saudiya Arabistoni Haj mavsumida o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni to‘xtatib qo‘ydi

07:32 / 25.04.2025
Saudiyada och va boshpanasiz qolgan ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytarildi

08:45 / 21.04.2025
2025 yilgi Haj mavsumida o‘zbekistonliklar uchun munosib sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi

21:18 / 14.04.2025