O‘zbekiston | 14:12 / 01.01.2019
29604
3 daqiqa o‘qiladi

​Yil davomida Kun.uz'da eng ko‘p o‘qilgan maqolalar 

2018 yil turli voqealar, kutilmagan hodisa va qarorlar bilan kechdi. Yil sarhisobini qilib,barcha uchun qiziq, muhokamalarga sabab bo‘lgan, Kun.uz mushtariylari eng ko‘p o‘qigan maqolalar reytingini quyida taqdim etishga qaror qildik.

Dabdabali to‘ylar va unga qarshi kurashgan Senat

To‘g‘ri, Senat to‘ylar bo‘yicha bir qarorga keldi: bu masalada yakdil, qat'iy iroda bildirilmadi. Ammo, xalq bu masalani ko‘p qiziqish bilan kuzatib bordi. Prezident to‘y mehmonlari sonini 150 nafarga qisqartirishni taklif qildi. Mashhur san'atkorlardan biri esa o‘g‘lini uylantirib, dabdabali to‘y bergani hammaning og‘ziga tushdi.  

Baxtsiz voqealar, huquqbuzarlik va qotilliklar

Yil yo‘qotishidan biri - Obid Asomovning vafoti ko‘pchilikni qayg‘uga soldi. Tungi klublardan birida fojiali o‘lim topgan sportchining qismati ham keskin bahslarni ochib qo‘ydi. Shuningdek, o‘z xonasida o‘ldirib ketilgan IIV polkovnigi, tanasidan 16 dona igna topilgan chaqaloq voqeasi ham sabablari oshkor etilmagan sirga aylandi

Millat uchun qora kun sifatida e'tirof etilgan Aqto‘be fojiasi qurbonlari haqida ko‘p gapirildi. Prezident avtobusning halokatiga aslida nimalar sabab bo‘lganini aytdi. 

Majburiy mehnatga qarshi kurash 

Yil davomida eng shiddatli kurash aynan majburiy mehnatning barcha shakliga qarshi kechdi. Avvalo, paxta terimi uchun narx oshirildi. Shunga qaramay, kurash qurbonlarsiz bo‘lmadi. Ayniqsa, Oqqo‘rg‘onda suvga tushirilgan oltovlon ortida Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan Zoir Mirzayev turgani, barchani shokka tushirdi

Monopolist, bebosh GM'dan xabarlar

Monopolist avtokorxonaning har bir yangiligi katta qiziqishlarga sabab bo‘ladi. Masalan, mashina narxini pasaytiradimi, degan savolga javob berganda, Tracker'ning ilk suratlarini e'lon qilganda, qo‘yingki, har bir vaziyatda undan kutilmagan (aslida, biz kutgandik) ma'lumotni eshitishga tayyor turdik. 

Poraxo‘rlarga qarshi kurash

Avval, Samarqand viloyat hokimi, keyinroq, Yunusobod tuman hokimi lavozimida ishlagan mansabdorlarning qo‘lga tushib qolishi, eng qiziqarlisi, bu xabarlar rasman e'lon qilinishi barchani o‘ylantirib qo‘ydi. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash jiddiy tus oldi. 

Barchaning yodida qolgan aynan shu xabarlar Kun.uz saytida eng ko‘p o‘qilgan maqolalar sanaladi.

Mavzuga oid