Britaniya Brexit bo‘yicha YeI bilan muzokaralarda o‘zgarishlar borligini ma'lum qildi

Foto: Global Look Press
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xantning ma'lum qilishicha, London va Bryussel Brexit shartlari bo‘yicha muzokaralarda olg‘a siljishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
«Biz, mening fikrimcha, so‘nggi bir necha kun ichida bir qadar o‘zgarishlarga erishdik», - dedi Xant.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya Brexit’dan keyin Yevropa ittifoqi bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolishni istaydi.
Shuningdek, uning umid bildirishicha, London va Bryussel Britaniya parlamentini qanoatlantiradigan kelishuvga erisha oladi.
Bundan oldin, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Brexit Yevropadagi inqirozning ramzi hisoblanishi haqida aytgandi.
Mavzuga oid

00:19 / 29.05.2025
Britaniyada olti panjali mushuk dunyoga keldi

23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?

11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi

18:08 / 22.05.2025