Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin Prezidentiga ishonch yorliqlari topshirildi

24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Filippin Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Baxtiyor Saidov (qarorgohi Pekinda) Filippin Respublikasi Prezidenti Rodrigo Roa Dutertega ishonch yorliqlarini topshirdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Filippin rahbari Filippin va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajalarda, shu jumladan, BMT doirasidagi munosabatlarning rivojlanishi faollik tamoyiliga ega ekanligini qayd etdi.
R.Duterte O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berdi.
Filippin yetakchisi mamlakatlarimiz o‘rtasida “o‘zaro hamkorlikning turli jabhalarida umumiy manfaatdorlik ko‘p” ekanligini ta'kidladi. Shu o‘rinda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ekstremizm, terrorizm va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash singari yo‘nalishlar alohida qayd etildi.
Mavzuga oid

18:40 / 31.07.2025
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi kutilmoqda

08:08 / 22.07.2025
Xitoy yuqori texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilyapti

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:51 / 07.06.2025