Bugatti Chiron tezlik rekordi o‘rnatdi
Bugatti kompaniyasi Chiron modelida yangi tezlik rekordi o‘rnatilganini e'lon qildi: avtomobil 490,484 km/soat tezlikka erishgan. Modelning seriyali versiyasiga yaqin bo‘lgan giperkarni poygachi Endi Uolles boshqargan.
Chiron 1500 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Kompaniya tomonidan mashinaning e'lon qilingan maksimal tezligi 420 km/soatni tashkil qiladi. Yangi rekord “seriyaliga yaqin bo‘lgan giperkarda” amalga oshirilgani ta'kidlangan bo‘lib, hozircha ikki variant orasidagi farq nimadan iboratligiga aniqlik kiritilmagan.
Brend prezidenti Shtefan Vinkelmann Bugatti bunday hayratlanarli natijaga erishgan ilk avtomobilsozlik kompaniyasi bo‘lganini aytgan.
2017 yil kuzida poygachi Xuan-Pablo Montoyya Bugatti Chiron rulida boshqa rekordni o‘rnatgandi. U 42 soniyada mashinani 400 km/soat tezlikka erishtirib, uni to‘liq to‘xtatgan. Biroq bu natijani bir oydan keyin Koenigsegg Agera RS modeli ortda qoldirgan. Mashina shunday urinishni 36,44 soniyada bajargan. Shu yili mashinada 447 km/soat tezlikka erisha olingan.
Aynan shu natijani Bugatti Chiron ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid

17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi

00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

11:56 / 06.02.2025