AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e'lon qildi

AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo hamda moliya vaziri Stiven Mnuchin OAV oldida qilgan chiqishida e'lon qilgan.
Sanksiyalar Eron AQShning Iroqdagi bazalariga amalga oshirgan raketa zarbalari sabab kiritilgan. AQShning bu galgi «qora ro‘yxati»ga Eronning 17 ta yirik korxonasi kiritilgan bo‘lib ular orasida temir, po‘lat, alyuminiy ishlab chiqaradigan va tekstil korxonalari bor. Shuningdek, Eron Xavfsizlik kengashining 8 vakili ham maxsus sanksiyaga uchragan.
Sanksiyalar 20 ta korxonaga tegishli bo‘lib ular orasida Xitoy va Seyshel orollarida ro‘yxatdan o‘tgan uchta korxona ham bor. Ular doimiy tarzda Eron metallurgiya mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullangan. Yangi sanksiyalarga ko‘ra, AQShning «qora ro‘yxat»iga tushgan Eron korxonalari bilan ishlaganlar ham (ya'ni uchinchi tomon) AQSh sanksiyalariga uchraydi. Donald Tramp Eronga qarshi yangi sanksiyalar haqida 8 yanvar kuni ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04 / 26.04.2025
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31 / 26.04.2025