Tehron AQShning yangi sanksiyalarini samarasiz deb hisoblamoqda

Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abbos Musoviy AQShning Tehronga qarshi yangi sanksiyalarini samarasiz deb atadi.
"Afsuski, AQSh yana bir tomonlama va noqonuniy harakat qilishda davom etmoqda", - dedi Musoviy va sanksiyalar muvaffaqiyat keltirmasligini qo‘shib qo‘ydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Eron sanoatiga qarshi sanksiyalar kiritib, xalqaro me'yorlarni buzmoqda.
"Sanksiyalar kiritilishi BMT Xavfsizlik kengashining 2231-rezolyutsiyaning ochiqchasiga buzilishidir", - dedi Musoviy.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo va moliya vaziri Stiven Mnuchin AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etganini ma'lum qilgandi.
Sanksiyalar Eron AQShning Iroqdagi bazalariga amalga oshirgan raketa zarbalari sabab kiritilgan. AQShning bu galgi “qora ro‘yxati”ga Eronning 17 ta yirik korxonasi kiritilgan bo‘lib ular orasida temir, po‘lat, alyuminiy ishlab chiqaradigan va tekstil korxonalari bor. Shuningdek, Eron Xavfsizlik kengashining 8 vakili ham maxsus sanksiyaga uchragan.
Mavzuga oid

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04 / 26.04.2025
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31 / 26.04.2025