Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda tulki bolalarini sotmoqchi bo‘lgan shaxsga jazo qo‘llandi
Andijonda it savdosi bilan shug‘ullanuvchi telegram kanallardan biriga tulki bolalarini 850 ming so‘mdan sotishi haqida e'lon bergan shaxs aniqlandi.

Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tulki bolalari haqidagi e'lon Asaka shahri «Gulshan» mahallasi, Adirobod ko‘chasida istiqomat qiluvchi A.S. tomonidan joylashtirilganini aniqlab, uning yashash xonadoniga borishdi. A.S. tulki bolalarini aprel oyida Asaka tumanidagi adirlik hududidan ushlab olganini ma'lum qilgan.
E'londagi fotolavhada ikkita tulki bolasi ko‘rsatilgan bo‘lib, ekologlar borgunicha ulardan biri qochib ketgani ma'lum bo‘ldi.
«A.S bitta tulki bolasi qochib ketgani, qachon va qay holatda qochganini bilmasligini aytdi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 92-moddasi bilan ma'muriy ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda chora ko‘rildi.
Bir dona tulki bolasi davlat muhofazasiga olinib, yosh bo‘lgani, tabiiy erkinlikda yashash ko‘nikmasiga va o‘zi ozuqa topib yeyish darajasida emasligi sabab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida joylashgan «Hayvonot bog‘i»ga vaqtinchalik topshirildi», deyiladi Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Kun.uz saytiga berilgan ma'lumotda.
Ekologlar hayvonot bog‘i ma'muriyati bilan tulki bolasini voyaga yetgach ochiq tabiatga qo‘yib yuborish bo‘yicha kelishib olishgan.
Mavzuga oid

14:48 / 26.07.2025
Xonoboddagi festivalga sarflanayotgan milliardlar: Viloyat hokimligi izoh berdi, Antikorrupsiya agentligi o‘rganish o‘tkazadi

10:28 / 23.07.2025
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi

11:50 / 14.07.2025
Gazballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi

10:16 / 10.07.2025