Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehronda urib tushirilgan Boeing 737'ning «qora qutilari» Parijga olib kelindi

Eron harbiylari tomonidan xato tufayli urib tushirilgan Ukrainaning Boeing 737 samolyoti «qora qutilari» Parijga olib kelindi. Bu haqda «Tvitter»da Kanada tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampan xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «qora qutilar»ni tahlildan o‘tkazish uchun Fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligini tekshirish va tahlil qilish byurosiga yuborish rejalashtirilgan.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Kanada Transport xavfsizligi bo‘yicha kengashi vakillari ham jarayonda ishtirok etadi.
«Biz Parijga PS752 reysining «qora qutilari» olib kelinganligi to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqlatib oldik», - dedi Shampan.
«Ukraina xalqaro aviayo‘llari»ning Boeing 737 samolyoti 8 yanvar kuni, Tehron aeroportidan parvozga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tgach halokatga uchradi. Hodisa natijasida 176 kishi vafot etdi. Keyinchalik Eron rasmiylari samolyot Eron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan xato tufayli urib tushirilganini tan olishdi.
Mavzuga oid

16:52
Zelenskiy urushda Rossiya tomonida jang qilayotgan o‘zbekistonliklar haqida gapirdi

11:42
Ukrainada Luxansk viloyati ma’muriyati sobiq rahbari Sergey Gayday hibsga olindi

11:10
Ukraina Rossiyaning eng yangi atom suvosti kemasi hujjatlarini e’lon qildi

20:41 / 04.08.2025