Turkmanistonda aholi niqob taqishga chaqirilmoqda
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.

Foto: REUTERS/Vyacheslav Sarkisyan
Koronavirus rasman qayd etilmagan Turkmanistonda mamlakat aholisi himoya niqobi taqish va xavfsiz masofaga rioya qilishga chaqirilmoqda.
"Altin asir" milliy aloqa operatori abonentlari mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ana shu mazmundagi SMS xabarlarini olishgan.
"Hurmatli fuqarolar! Salomatligingizni mustahkamlash maqsadida tibbiy himoya niqoblari taqishni, odamlar gavjum joylarda ikki metrlik masofaga rioya qilishni va shaxsiy gigiyena talablarini bajarishni maslahat beramiz", - deyiladi vazirlik SMS xabarida.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.
Shu bilan birga, mamlakatda ayrim cheklov choralari joriy etilgan.
Mavzuga oid

19:06 / 21.06.2025
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

09:37 / 16.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

17:54 / 06.06.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish jarayoni boshlandi

14:25 / 08.05.2025