Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturaga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi
Magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi. Bu haqda Oliy ta'lim vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, davlat oliy ta'lim muassasalariga 2021/2022-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tegishli oliy ta'lim muassasasi tomonidan belgilangan to‘lov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qat'iy amal qilgan holda o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga 2021 yil 9 noyabrdan murojaat qilishi mumkin.
To‘lov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati - 2021 yil 20 noyabr.
Prezidentning 2021 yil 22 iyundagi qaroriga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul to‘lov-kontrakt miqdori bir talabaning o‘qishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda oliy ta'lim muassasasi tomonidan belgilanadi.
Mavzuga oid

10:40 / 01.08.2025
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi

14:55 / 26.07.2025
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi

23:49 / 25.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

19:19 / 24.07.2025