Qidiruvdagi buxorolik fuqaro Moskva shahrida qo‘lga olindi

Foto: pixabay.com
Jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan buxorolik shaxs Moskva shahrida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro shahrining Afrosiyob mahallasida yashovchi 31 yoshli R.S. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov organlaridan yashiringan. Unga nisbatan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2021 yil 28 iyun kunidan qidiruv e'lon qilingan.
Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida R.S. Moskva shahrida qo‘lga olingan.
Oldinroq jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan jondorlik fuqaro ham Moskva shahrida ushlangandi.
Mavzuga oid

09:47 / 22.04.2025
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025