Qibrayda poyga uyushtirgan avtobus haydovchisi YTH keltirib chiqardi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida «Isuzu» va «Lasetti» o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 11 aprel kuni soat 14:30 lar atrofida «2-avtobus saroyi» filiali haydovchisi X.U. «Isuzu» rusumli avtobusni 199-yo‘nalishda Qibray tumani, Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotib, «Makro» do‘koni qarshisida «Lasetti» rusumli yengil avtomobil bilan to‘qnashuv sodir qilgan.
To‘qnashuv natijasida jarohat olganlar yo‘q. Yo‘l-transport hodisasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.
YTH yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilganda, haydovchi X.U. «2-Avtobus saroyi» filiali haydovchisi A.F. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli 198-sonli avtobus yo‘nalishi bilan o‘zaro poyga o‘ynagani aniqlandi.
Yo‘lovchilar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qo‘ygani hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etmagani natijasida YTH sodir etgani uchun har ikki haydovchi bilan filial o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.
Qayd etilishicha, avtobusga yetkazilgan zarar aybdor haydovchi tomonidan o‘rnatilgan tartibda undiriladi.
Mavzuga oid

00:00
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

23:20 / 09.06.2025
Qibray tumanidagi ko‘priklardan birida avtomobil harakati to‘liq cheklandi

13:59 / 05.06.2025
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

20:22 / 29.05.2025