O‘zbekiston mandarinni asosan Pokistondan import qilyapti
Mandarin importi 16,2 ming tonnaga oshgan.

Foto: Pixabay
2022 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 42,6 ming tonna mandarin import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mandarin importi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 16,2 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 10 oyda mandarin mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Pokiston birinchi o‘rinni egalladi – 35,9 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Turkiya – 3,1 ming tonna;
- Xitoy – 1,9 ming tonna;
- Misr – 442,2 tonna;
- Eron – 425 tonna.
Mavzuga oid

16:21
Hindiston Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilarning uylarini yer bilan bitta qildi

15:27
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

00:58
Pokiston mudofaa vaziri Hindiston armiyasining hujumini «muqarrar» deb atadi

16:27 / 28.04.2025