Past Darg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi
Qonunchilik palatasi deputati tuman hokimiga aylandi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani hokimligida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Vahobjon Abdug‘aniyevich Murodqobilov nomzodi Past Darg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Vahobjon Murodqobilov 1974 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan.
Turli yillarda qurilish vazirligida boshqarma boshlig‘i, qurilish vazirligi huzuridagi «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK bosh direktori vazifalarida ishlagan.
Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat olib borgan.
- Eslatib o‘tamiz, Past Darg‘om tumaniga 2019 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Shunqor Xudoyberdiyev bugun Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.
Mavzuga oid

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025