Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlari orqali bilib olishlari mumkin.

Foto: Kun.uz
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
OTM tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi.
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
– my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish”bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
– mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda;
– Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):
Mavzuga oid

13:13 / 24.07.2025
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi

17:34 / 21.07.2025
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?

11:09 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi

18:14 / 19.07.2025