Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transport vositasi havoni ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilyapti
303 nafar haydovchiga nisbatan jami 50 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llandi.

Foto: O‘zA
O‘zbekistonda transport vositasi havoni me’yoridan ortiq ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda.
O‘zA xabariga ko‘ra, 10 apreldan hozirga qadar respublika bo‘ylab 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazilgan.
Shundan 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotgani aniqlangan hamda jami 303 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan jami 50,1 mln so‘m jarima qo‘llangan.
Shuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Bu «Toza havo» oyligining birinchi bosqichi doirasida o‘tkazilmoqda. Mazkur bosqich 10 mayga qadar davom etadi.
Tadbir davomida jami 200 000 ta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan o‘tkazish belgilangan.
Mavzuga oid

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

12:48 / 15.06.2025
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda

11:03 / 11.06.2025
Transport qiymatini baholash tartibi belgilandi

11:51 / 29.05.2025