Toshkentda Spark skuterni urib yubordi
Amir Temur ko‘chasida Spark’ni boshqarib ketayotgan fuqaro 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi skuter bilan to‘qnashuv sodir etgan. Skuter haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda Spark avtomashinasi haydovchisi skuter haydovchisini urib yuborgani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
26 iyun kuni soat 18:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi O‘MB qarshisida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan B.I. Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi skuter bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Hodisa oqibatida skuter haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:09 / 08.06.2025
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi

08:03 / 03.06.2025
Sergelida skuter haydovchisi halok bo‘ldi

11:41 / 16.04.2025
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi

08:26 / 16.04.2025