Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro shahrining sobiq hokimi viloyat Ekologiya boshqarmasiga boshliq bo‘ldi
Jamol Nosirov Buxoro viloyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Buxoro shahriga 3 yil hokimlik qilgan Nosirov may oyi boshida sog‘lig‘i yomonlashgani uchun ishdan ketgandi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi
Jamol Nosirov Buxoro viloyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Jamol Nosirov 1985 yil 12 iyunda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2005 yilda Buxoro davlat universitetini jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U faoliyati davomida «Kamolot» YoIH Buxoro viloyati kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (2017−2020), madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2021 yilda Buxoro shahri hokimi etib tayinlangan Jamol Nosirov 2024 yilning may oyi boshida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid

11:16 / 26.07.2025
Ikki hududda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

07:54 / 12.07.2025
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi

12:41 / 11.07.2025