Toshkentda Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Yakkasaroy tumanida fuqaro Bo‘rijar kanaliga qo‘lini yuvish maqsadida borib, ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Foto: FVV
Poytaxtda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari inson hayotini saqlab qoldi.
Bugun, 23 iyul kuni soat 01:56 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bahodir ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanaliga bir fuqaro qo‘lini yuvish maqsadida borib, ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganligi va uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni sog‘ salomat suvdan olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.
Shundan so‘ng, tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Fuqaroning ahvoli yaxshi.
Mavzuga oid

08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi

08:26 / 16.04.2025
Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi

11:44 / 11.03.2025
O‘zbekiston kanallarni betonlash hisobiga suv sarfini 15 foizgacha kamaytirdi

11:50 / 05.03.2025