Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda uch kishi jarohatlandi
Toshkent shahri Chilonzor tumani Muqimiy-Chilonzor ko‘chalari chorrahasida 19 oktyabr kuni soat 00:30 larda YTH sodir bo‘ldi.

Foto: IIBB YHXB
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi A.J. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasi va 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi A.K. boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinasi to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi, 2001 yilda tug‘ilgan T.B. hamda Spark haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:17
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

08:35
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

17:12 / 24.04.2025