FVV avtomobili vazirlik binosiga kirishda qo‘pol qoidabuzarlik qildi
Kun.uz'ga kelib tushgan videoda “01 050 FVV” raqamli Malibu avtomobili taqiqlangan joydan burilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi binosiga kirib ketganini ko‘rish mumkin.
Manbaga ko‘ra, voqea bugun, 12 noyabr kuni Toshkent shahri Nurafshon ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasi yaqinida ro‘y bergan. FVV binosi shu yerda joylashgan.
MJtKning 128-5-moddasi 2-qismiga ko‘ra, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqish – 10 BHM (3 mln 750 ming so‘m) jarimaga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid

11:17
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

08:35
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

13:02 / 24.04.2025