Izyum o‘qqa tutilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylari Izyum shahri markaziga ballistik raketa bilan zarba yo‘lladi, deb xabar berdi Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov.
Ma’muriy bino zarba ostida qolgan, shuningdek atrofdagi turar joylar shikastlangan. Shahar o‘qqa tutilishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.
«Bu yerda harbiylar yo‘q edi. Bu bizning davlat xizmatlarimiz: soliq, ijtimoiy himoya, g‘aznachilik kabilar ishlaydigan bino edi. Tinch aholi vakillari halok bo‘lgan, aftidan, ular pasport stolda edi», — degan shahar meri Valeriy Marchenko.
Rasmiylarga ko‘ra, 40 dan ortiq kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. 24 kishi shifoxonaga yotqizilgan, shundan uch nafari og‘ir ahvolda.
Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida 170 kvartiraning derazalari to‘kilib tushgan.
RF mudofaa vazirligi zarba yuzasidan izoh bermadi.
Mavzuga oid

19:59 / 25.04.2025
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi

18:33 / 25.04.2025
MRB direktori o‘rinbosarining o‘g‘li Ukrainada halok bo‘lgan. U Rossiya tomonida turib jang qilgan

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33 / 25.04.2025