Fuqaroni shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan ikki kishi ushlandi
Farg‘ona viloyatida IIV ishchi guruhi tomonidan “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Foto: IIV
IIV Tezkor-qidiruv departamenti xabar berishicha, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida reyd tadbirlari tashkil etilib, 8 nafar ov qurolini hujjatsiz noqonuniy saqlab kelayotgan, 27 nafar jamoat joyida tig‘li buyum olib yurgan shaxslarga nisbatan jinoiy va ma’muriy choralar ko‘rildi.
Avtoreyd tadbirlarida 1321 nafar qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, 131 ta transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.
“Tozalash” tadbirlari doirasida Farg‘ona shahrida 1986 hamda 1988 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular o‘zaro jinoiy til biriktirib, tovlamachilik yo‘li bilan 1987 yildan tug‘ilgan fuqaroning sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarni ruxsatsiz qo‘lga kiritib, tarqatish bilan qo‘rqitib kelgan.
Shu maqsadda undan 2,5 ming dollar talab qilib, oldindan 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Mavzuga oid

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

09:14 / 18.06.2025
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi

19:26 / 17.06.2025