Sirdaryo va Oqoltin tumanlariga yangi hokim tayinlandi
Azizbek Turdimurodov va Xusnitdin Suvonov yangi lavozimda ish boshlaydi.

Azizbek Turdimurodov va Ernazarov Komiljon
Sirdaryo viloyatining ikki tumanida hokim o‘gardi.
Jumladan, Sirdaryo tumaniga Turdimurodov Azizbek Maxammatqul o‘g‘li hokim qilib tayinlandi.
Azizbek Turdimurodov 1994 yil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan. 2019 yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2022 yilda esa Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: axborot texnologiyalari va servis, loyihalarni boshqarish. Tayinlovdan oldin Sirdaryo viloyati yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich Oqoltin tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Suvonov Xusnitdin Yaxshilikovich tayinlandi.
Xusnitdin Suvonov tayinlovdan oldin tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025