Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kongressda «Amerika orzusini tiklash» mavzusida nutq so‘zlaydi
Demokratik partiya vakillari Trampning nutqini bloklash yoki siyosatiga norozilik bildirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressga «Mamlakatning holati» haqidagi murojaati bilan chiqadi. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, nutqning mavzusi «Amerika orzusini tiklash» bo‘ladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp o‘z nutqida «kelajakka nisbatan dadil, ambitsiyali va ongli qarashlarini bayon qiladi». Fox News xabariga ko‘ra, Amerika prezidentining nutqi to‘rt bo‘limdan iborat bo‘ladi:
- ikkinchi muddati davomida mamlakatda va xorijda erishilgan muvaffaqiyatlar;
- AQSh ma’muriyatining iqtisodiyot uchun harakatlari;
- Kongressdan chegara xavfsizligi uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni talab qilish;
- «dunyoda tinchlik o‘rnatish» rejalari.
Tadbir Toshkent vaqti bilan 5 mart kuni soat 7:00 da bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, Demokratik partiya vakillari Trampning Kongressdagi nutqini bloklashi mumkin, deb xabar berdi Axios. Qayd qilinishicha, Respublikachi ma’muriyatning siyosatiga norozilik bildirish maqsadida uning nutqini buzish ehtimoli ko‘rib chiqilmoqda. Trampning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi ham norozilikka sabab bo‘lmoqda.
Ba’zilar, agar Tramp nutqi davomida «ba’zi nomaqbul iboralarni aytsa», qarsak chalmaslik yoki palatani tark etishni taklif qilmoqda. Trampga qarshi plakatlar, tuxum yoki bo‘sh tuxum qutilari (inflatsiya oshib borayotganini ko‘rsatish uchun), qizil kartochkalardan foydalanish muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025