Buxoro-Istanbul reysi texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi
Shuningdek, faqatgina 16 mart kuni Buxoro-Toshkent reysi ham majburiy ravishda kechiktiriladi.

Foto: Kun.uz
Texnik sabablarga ko‘ra, faqatgina 16 mart kuni HY285/286 reyslari (Buxoro—Istanbul—Buxoro yo‘nalishi) majburiy kechikish bilan amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
· Buxorodan jo‘nash — soat 13:00 (mahalliy vaqt), Istanbulga yetib borish — soat 15:50 (mahalliy vaqt);
· Istanbuldan jo‘nash — soat 17:00 (mahalliy vaqt), Buxoroga yetib borish — soat 23:10 (mahalliy vaqt).
Shuningdek, faqatgina 16 mart kuni HY022 reysi (Buxoro—Toshkent yo‘nalishi) ham majburiy ravishda kechiktiriladi. Buxorodan jo‘nash: 17 mart soat 00:00 (mahalliy vaqt), Toshkentga yetib borish: 17 mart soat 01:00 (mahalliy vaqt)
«Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

14:30 / 19.06.2025
Rossiya Ukraina bilan Istanbul kelishuvlarini amalga oshirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi

13:24 / 19.06.2025
Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

17:00 / 18.06.2025
Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

08:48 / 15.06.2025