Kaspiy marvaridi – Bokuga fotosayohat
Qadim tarix, milliy me’morchilik va futuristik arxitektura uyg‘unligi – Bokuni boshqa ko‘plab shaharlardan ajratib turadi. Bu yerda o‘tmish nafasi sezilib turadigan tor ko‘chalar bilan zamonaviy osmono‘par binolar yonma-yon joylashgan.
Shahar markazidagi Icherisheher – ming yillik tarixni o‘zida jo qilgan qadimiy qal’a. Uning ichida joylashgan sirli Qiz Qal’asi va Shirvonshohlar saroyi Bokuning o‘tmishidan so‘zlaydi.
Zamonaviy arxitektura namunalaridan esa Olov minoralari yaqqol ajralib turadi. Uchta binodan iborat kompozitsiya yonayotgan gulxan shaklini esga soladi. Va bu bejiz emas: Ozarboyjon tarixan “olovlar yurti” deb atalgan, chunki bu yerda tabiiy gaz chiqishi tufayli doimiy yonib turuvchi olov manbalari bo‘lgan (masalan, Yanardag‘).
E’tiborlisi, shahardagi aksariyat binolar balkonlarga ega. Ular uylarning tashqi qiyofasiga ko‘rkamlik berib turadi. Buni Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon G‘aniyevning Bokuga xizmat safari davomida olgan suratlari jamlanmasida ham ko‘rish mumkin.
Fotograf:
Muhammadjon G‘aniyev
Mavzuga oid

07:49 / 10.04.2025
Ozarboyjon Shimoliy Kiprni qo‘llab-quvvatladi

08:41 / 08.04.2025
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda

15:12 / 03.04.2025
Ozarboyjonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

20:21 / 13.03.2025