Kriviy Rihda raketa zarbasi qurboni bo‘lgan bolalar bilan vidolashishdi - fotolar
Ulardan eng kichigi uch yoshda edi.
4 aprel kuni kechqurun Rossiya armiyasi Kriviy Rihga hujum qilgandi. Raketa zarbasi turar joy binolari joylashgan mikrorayonga kelib tushgan: uylar, maktablar, do‘konlar va bolalar maydonchalari. Rossiya mudofaa vazirligi zarba nishoni go‘yoki ukrain harbiylari yig‘ilish o‘tkazayotgan restoran bo‘lganini ma’lum qilgan, ammo kuzatuv kameralarida muhrlangan kadrlarda bu yerda hech qanday harbiy bo‘lmaganini ko‘rish mumkin. Zarba oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, shundan 10 nafari bolalar; ulardan eng kichigi uch yoshda, eng kattasi 17 yoshda edi. 7 va 8 aprel kunlari qurbonlarni dafn qilish marosimlari o‘tkazildi. Quyida Kriviy Rih aholisi ular bilan qanday xayrlashgani aks etgan suratlar.

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

13:55
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

09:59
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

21:23 / 24.04.2025