Bundesver 2029 yilgacha Starlink analogini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
Handelsblatt ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya 5 yil ichida bir necha yuzlab sun’iy yo‘ldoshdan iborat tarmoqni uchirishni rejalashtirmoqda.

Foto: Alexander Polegenko/picture alliance
Germaniya Mudofaa vazirligi o‘zining sun’iy yo‘ldosh tizimini ishlab chiqmoqchi, u Ilon Maskning Starlink'i analogiga aylanadi. Bu haqda 9 aprel, chorshanba kuni Handelsblatt nashri manbalarga tayanib xabar berdi, Bundesver vakili ham rejalarni tasdiqladi.
Gazetaning yozishicha, 2029 yilgacha kamida bitta sun’iy yo‘ldosh turkumi – birgalikda aniq vazifani bajaradigan bir necha yuzlab sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘ini uchirish rejalashtirilgan.
Hozirda Bundesver ixtiyorida biroz kamroq shunday sun’iy yo‘ldoshlar mavjud — bu samarali ish uchun yetarli emas. Shuning uchun Germaniya uzoq yillar davomida aloqa, signallarni o‘qish va tahlil qilish hamda Yerni kuzatish sohalarida – birinchi navbatda, Qo‘shma Shtatlardagi hamkorlarga tayangan, deb yozadi Handelsblatt.
Endi Germaniya sun’iy yo‘ldoshlar masalasida «shoshilinch ravishda» mustaqil bo‘lishga intilmoqda, garchi sentabr oyida, Handelsblatt ta’kidlaganidek, bunday rejalar Mudofaa vazirligida muhokama qilinmagan edi. Buning sabablari orasida Maskning Ukraina uchun Starlink'ni moliyalashdan bosh tortishi mumkinligi, shuningdek, YeI 2030 yilgacha ishlab chiqmoqchi bo‘layotgan Iris2 sun’iy yo‘ldoshlar turkumidan harbiy maqsadlarda foydalanish imkoniyati cheklangani bor.
Gazetaning uch manbasiga ko‘ra, Bundesver Starlink analogini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmani birinchi navbatda nemis kompaniyalariga topshirmoqchi. Gazetaning to‘rt manbasiga ko‘ra, vazirlik allaqachon Isar Aerospace, RFA va Hyimpulse bilan muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, Germaniya Yevropaning boshqa davlatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor.
Hukmron koalitsiya tuzilganini e’lon qilgan XDI/XSI va GSDP ham ushbu sektorni rivojlantirish muhimligini tushunadi. Tomonlar loyiha boshqa narsalar qatori nemis kosmik sanoati kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashiga ishonyapti.
Mavzuga oid

13:41 / 28.03.2025
Armaniston va Ummonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi

15:32 / 15.03.2025
Bundesver o‘zining birinchi hududiy mudofaa bo‘linmasini tashkil qildi

13:19 / 10.03.2025
Mask: Starlink hech qachon Ukrainadagi o‘z terminallarini o‘chirib qo‘ymaydi

23:45 / 23.02.2025